Ijro intizomi — davlat boshqaruvida mas’uliyat va samaradorlikning bosh mezoni
2026-08-28 09:20:00 / Yangiliklar

Ushbu me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijro intizomini mustahkamlash, topshiriqlar va qarorlar ijrosini o‘z vaqtida hamda sifatli ta’minlashning aniq tartibini belgilab berdi. Ayniqsa, «Ijro.gov.uz» hamda uning negizida yaratilgan «edo.ijro.uz» yagona idoralararo elektron tizimining amaliyotga keng joriy etilishi natijasida har bir topshiriq va hujjat nazorati raqamlashtirilib, qog‘ozbozlik va sansalorlikka barham berildi. Tizim har bir davlat organida ish unumdorligi hamda mas’ullarning shaxsiy javobgarligini obyektiv baholash imkonini yaratmoqda.
Haftaning har dushanba kunlari Buxoro shahar hokimi rahbarligida, haftaning juma kunlari hokimning birinchi oʻrinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosi kunbay, soatbay qatʻiy nazorat qilinmoqda.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi kiritilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi hamda Hisob palatasi tomonidan ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng nazoratdan yechilishi belgilanganligini inobatga olgan holda, shahar hokimligi apparatida ushbu topshiriqlar belgilangan muddatlarda va puxta bajaralishini ta’minlash maqsadida oldindan ogohlantirish tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
Hokimlik apparatida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi haqidagi maʼlumotlarni ijro muddati yakunlanishini kutmasdan elektron dasturga oldindan kiritib borish masalasiga alohida eʼtibor berilmoqda.
Buxoro shahar hokimligi apparatida iyun oyidagi Prezident hujjatlari nazorat rejasi, topshiriqlar va murojaatlarni koʻrib chiqishda belgilangan muddatlarni buzish holatlarini oldini olish maqsadida barcha hokim oʻrinbosarlari, boʻlimlar va masʻul xodimlar tomonidan hamkorlikda ishlar tashkil etilib, har biriga eslatma taqdim etildi. (ilova etiladi)
Daslabki hisob-kitoblarga ko‘ra joriy yilning sentabr oyida “edo.ijro.uz” tizimida jami 358 ta hujjat va topshiriqlar shundan, 102 ta Prezident hujjatlari nazorat rejasi, 224 ta kiruvchi hujjat va topshiriqlar hamda 32 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining ijrosi muddati keladi.
- “edo.ijro.uz” elektron hujjat aylanish tizimidagi avgust oyida muddati keladigan hujjatlar va topshiriqlarning kamida 60 foizini - 18 sentabrga qadar, kamida 90 foizini – 20- sentabrga qadar hamda 100 foizini – 25- sentabrga qadar toʻliq bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatish belgilanishi lozim bo‘ladi.
Buxoro shahar hokimligi boshqaruv apparatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat hujjatlari nazorat rejasi, topshiriqlar va murojaatlarni koʻrib chiqishda belgilangan muddatlarni buzish holatlarini oldini olish maqsadida 2026-yil sentabr oyida muddati keladigan hujjatlarni ijrosini belgilangan muddatlarda va sifatli taʼminlash boʻyicha barcha zaruriy choralar koʻrilmoqda.
I.Suvonov
Buxoro shahar hokimligi apparati ijro intizomi nazorati boʻyicha bosh mutaxassisi
