Imkoniyat va tashabbus — barqaror daromad sari muhim qadam
2026-08-27 11:25:00 / Yangiliklar

Fuqaroning ushbu ezgu tashabbusini qo‘llab-quvvatlash maqsadida hokim yordamchisining tavsiyasiga asosan Xalq banki orqali 10 million so‘m miqdorida kredit mablag‘i ajratildi.
Ajratilgan mablag‘ evaziga Zebo Baymuradova tayyor, ixcham va qulay sumkalar tikish faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Bugungi kunda uning mahsulotlariga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda. Tayyorlangan sumkalar xaridorlarga 1 500–2 000 so‘mdan sotilmoqda. Natijada fuqaroning kunlik daromadi o‘rtacha 100–120 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Eng muhimi, ushbu amaliy ko‘mak va yaratilgan imkoniyatlar tufayli Zebo Baymuradova bugun o‘zining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lib, tadbirkorlik sohasidagi faoliyatini muvaffaqiyatli boshladi.
Bu kabi amaliy yordamlar va imtiyozli kreditlar aholi bandligini ta’minlash, yangi daromad manbalarini yaratish hamda fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, har bir qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — yangi imkoniyatlar, barqaror daromad va farovon hayot sari tashlangan muhim qadamdir.




