Rassomlar sulolasini davom ettirayotgan ijodkor
2026-08-26 11:45:00 / Yangiliklar

Rassomning faoliyati nafaqat ijod bilan, balki yangi ish o‘rinlari yaratish bilan ham chambarchas bog‘liq. Hozirda u o‘z faoliyati orqali 5 nafar kishini ish bilan ta’minlagan.
Rafoel Toshev xorijiy davlatlarda o‘tkazilgan o'nga yaqin ortiq xalqaro ko‘rgazmalarda o‘z san’at asarlari bilan munosib ishtirok etgan. Uning ijod namunalari mahalliy va xorijiy san’at ixlosmandlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Rassomning asosiy daromad manbai o‘zi yaratgan san’at asarlarini sotish orqali. Uning asarlari 100 AQSh dollaridan 5 000 AQSh dollarigacha bo‘lgan narxlarda xaridorlarga taqdim etiladi.
Xonadonda tashkil etilgan shaxsiy galereya mahalliy aholi bilan bir qatorda xorijiy sayyohlar uchun ham o‘ziga xos ijodiy maskan bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu yerga tashrif buyurgan mehmonlar rassomning asarlari bilan yaqindan tanishish, ularni tomosha qilish va xarid qilish imkoniyatiga ega.







