Buxoro shahri Mustaqillik bayramini munosib kutib olishga hozirlik ko‘rmoqda
2026-08-14 16:50:00 / Yangiliklar
Yurtimizning eng ulug‘ va qadrli bayrami — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini ko‘tarinki ruhda kutib olish maqsadida Buxoro shahrida keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Ayni kunlarda shahar ko‘chalari, mahallalar, xiyobonlar va jamoat maskanlarida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda hududlarni bayramona bezatish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Mahalla binolari ham bayramona qiyofa kasb etib, Mustaqillik bayrami ruhiga mos tarzda bezatilmoqda. Davlatimiz ramzlari, bayramona banner va bezaklar hududlarga o‘zgacha fayz va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda.
Buxoro shahri ushbu qutlug‘ sanani munosib kutib olish, yurtdoshlarimizga bayramona kayfiyat ulashish va Mustaqillik bayramini yuksak saviyada nishonlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.







