Buxoroda yana bir 24/7 faoliyat yuritadigan ko‘cha tashkil qilinmoqda
2026-08-14 16:40:00 / Yangiliklar

Loyiha doirasida ko‘cha hududi kompleks obodonlashtirilib, zamonaviy shahar infratuzilmasi shakllantiriladi. Natijada ko‘cha bo‘ylab zamonaviy yoritish tizimi o‘rnatiladi, quyosh panellari asosida ishlovchi avtonom chiroqlar joylashtiriladi, piyodalar uchun qulay yo‘laklar barpo etiladi, 5 700 kv.m maydonda "yashil hudud" tashkil qilinadi, favvora, stellalar va dekorativ elementlar, zamonaviy o‘rindiqlar va chiqindi qutilari joylashtiriladi, 2 ta Workout sport maydonchasi tashkil etiladi, hududda suv oqizish lotoklari barpo etiladi, manzaraviy va shakl hosil qiluvchi daraxtlar ekiladi.
Loyihaning umumiy qiymati — 12,9 mlrd so‘m. Shundan 10,2 mlrd so‘m tashabbuskorlar mablag‘lari, 2,7 mlrd so‘mi respublika mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Loyiha natijasida 30 ta tadbirkorlik sub’yekti faoliyati kengaytiriladi, 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi, qo‘shimcha 1,2 mlrd so‘m soliq tushumlari ta’minlanadi, hududning turistik va investision jozibadorligi oshiriladi.
"Alpomish" ko‘chasi Buxoro shahrining zamonaviy, obod va kechayu-kunduz hayot qaynaydigan yangi servis hududiga aylanadi.









