Samarali ijro intizomi — islohotlar natijadorligining muhim kafolati
2026-07-13 18:25:00 / Yangiliklar
Haftaning har dushanba kunlari Buxoro shahar hokimi rahbarligida, haftaning juma kunlari hokimning birinchi oʻrinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosi kunbay, soatbay qatʻiy nazorat qilinmoqda.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi kiritilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi hamda Hisob palatasi tomonidan ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng nazoratdan yechilishi belgilanganligini inobatga olgan holda, shahar hokimligi apparatida ushbu topshiriqlar belgilangan muddatlarda va puxta bajaralishini ta’minlash maqsadida oldindan ogohlantirish tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
Hokimlik apparatida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi haqidagi maʼlumotlarni ijro muddati yakunlanishini kutmasdan elektron dasturga oldindan kiritib borish masalasiga alohida eʼtibor berilmoqda.
Buxoro shahar hokimligi apparatida iyul oyidagi Prezident hujjatlari nazorat rejasi, topshiriqlar va murojaatlarni koʻrib chiqishda belgilangan muddatlarni buzish holatlarini oldini olish maqsadida barcha hokim oʻrinbosarlari, boʻlimlar va masʻul xodimlar tomonidan hamkorlikda ishlar tashkil etilib, har biriga eslatma taqdim etildi. (ilova etiladi)
Joriy yilning iyul oyi yakuniga qadar “edo.ijro.uz” tizimida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra jami 569 ta hujjat va topshiriqlar shundan, 51 ta Prezident hujjatlari nazorat rejasi, 408 ta kiruvchi hujjat va topshiriqlar hamda 110 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining ijrosi muddati keladi.
- “edo.ijro.uz” elektron hujjat aylanish tizimidagi iyun oyida muddati keladigan hujjatlar va topshiriqlarning kamida 60 foizini - 18 iyulga qadar, kamida 90 foizini – 20-iyulga qadar hamda 100 foizini – 25-iyulga qadar toʻliq bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatish belgilandi.
Yuqoridagilarni kelib chiqib, Buxoro shahar hokimligi boshqaruv apparatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat hujjatlari nazorat rejasi, topshiriqlar va murojaatlarni koʻrib chiqishda belgilangan muddatlarni buzish holatlarini oldini olish maqsadida 2026-yil iyul oyida muddati keladigan hujjatlarni ijrosini belgilangan muddatlarda va sifatli taʼminlash boʻyicha barcha zaruriy choralar koʻrilmoqda.
I.Suvonov
Buxoro shahar hokimligi apparati ijro intizomi nazorati boʻyicha bosh mutaxassisi
