Buxoro shahar hokimi fuqarolar murojaatlarini tingladi
2026-07-11 16:05:00 / Yangiliklar
Bugun, 11 iyul kuni Buxoro shahar hokimi Qurbon Tursunovning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda aholini qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, kommunal xizmatlar, uy-joy ta’minoti, yer va kadastr munosabatlari, bandlik, tadbirkorlik faoliyati hamda boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Shaxsiy qabul davomida jami 20 nafar fuqaro tomonidan 25 ta masala ko‘tarildi. Murojaatlarning ayrimlari joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi masalalar yuzasidan tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlariga aniq vazifalar belgilab berildi. Ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Shuningdek, qabul jarayonida 3 nafar fuqaroga amaldagi qonunchilik normalari asosida huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.









