Rasmiy munosabat
2026-07-09 08:50:00 / Yangiliklar
Murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlar ishtirokida hudud o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida mazkur hududda to‘planib qolgan chiqindilar tozalandi hamda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, fuqarolardan atrof-muhit tozaligini saqlash, maishiy va qurilish chiqindilarini belgilanmagan joylarga tashlamaslik, ularni faqat belgilangan chiqindi yig‘ish joylariga chiqarishlari so‘raladi. Belgilanmagan hududlarga chiqindi tashlash sanitariya qoidalarining buzilishiga, atrof-muhitning ifloslanishiga hamda aholi uchun noqulayliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Kelgusida ham hududning obod va toza saqlanishi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar tomonidan nazorat ishlari davom ettiriladi.



