Qulay va zamonaviy ta'lim muhiti yo‘lida yana bir muhim qadam
2026-07-06 12:10:00 / Yangiliklar

Loyihaning umumiy qiymati 1 milliard 490 million so‘mni tashkil etadi. Qurilish-ta'mirlash ishlari "Gulistonobod qurilish Gold Servis" MChJ tomonidan sifatli va belgilangan me'yorlar asosida olib borilmoqda.
Hozirgi kunga qadar maktab binosining fasad qismini ta'mirlash ishlari 50 foizga bajarilgan. Beton ishlari hamda pol ishlari esa to‘liq yakunlangan. Qurilish maydonida 30 nafar malakali quruvchi mehnat qilmoqda. Mutasaddilarning ma'lum qilishicha, barcha qurilish-ta'mirlash ishlarini joriy yilning 1-avgustiga qadar to‘liq yakunlash rejalashtirilgan.
Ta'lim muassasalarini zamonaviy talablar asosida ta'mirlash va rekonstruksiya qilish nafaqat binoning tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi, balki ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda ham muhim omil hisoblanadi. Shinam, xavfsiz va zamonaviy o‘quv muhiti o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, pedagoglarning samarali faoliyat yuritishi uchun qulay sharoit yaratadi.
Shuningdek, bunday bunyodkorlik ishlari yosh avlodni zamonaviy sharoitlarda ta'lim olishiga, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirishga hamda kelajakda raqobatbardosh kadrlar bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, "Tashabbusli budjet" loyihalari orqali aholi takliflari asosida ijtimoiy soha obyektlarining ta'mirlanayotgani fuqarolarning mahalliy rivojlanish jarayonlaridagi faolligini oshirish, hududlarda mavjud muammolarni samarali hal etish va ta'lim infratuzilmasini yanada yaxshilashga munosib hissa qo‘shmoqda.
Maktabda olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari belgilangan muddatlarda yakunlanishi natijasida yangi o‘quv yilida o‘quvchilar yanada zamonaviy, qulay va estetik jihatdan jozibador ta'lim maskanida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.









