Buxoro shahrida ta'lim infratuzilmasini yaxshilash ishlari izchil davom etmoqda
2026-07-04 13:25:00 / Yangiliklar

Loyiha doirasida maktab binosining fasad qismini yangilash hamda ichki hojatxonalarni kapital ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur ishlar "Komfort Parvoz" MChJ tomonidan belgilangan qurilish me'yorlari va sifat standartlari asosida bajarilmoqda.
Ayni paytda fasad qismidagi ishlarning 70 foizi, ichki hojatxonalarni ta'mirlash ishlarining esa 60 foizi yakunlangan. Qurilish maydonida 35 nafar quruvchi mehnat qilmoqda.
Qurilish-ta'mirlash ishlarining borishini Buxoro shahar hokimining o‘rinbosarlari Azizjon To‘xtamishov va Feruz Xamroyev ko‘zdan kechirib, amalga oshirilayotgan ishlar sifati, sur'ati hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishini alohida nazoratga oldilar.
Zamonaviy ta'lim infratuzilmasini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq javob beradigan sharoitlarni yaratish ta'lim sifati va samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biridir. Obod va zamonaviy ta'lim maskanlari o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, pedagoglar uchun ham munosib mehnat sharoitini yaratadi. Bu esa kelajak avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda sifatli ta'limni ta'minlashga xizmat qiladi.









