Rasmiy munosabat
2026-06-28 23:25:00 / Yangiliklar
Buxoro shahrining tarixiy markazi “Labi Hovuz” majmuasi hududidagi o‘rindiqlardan birining holatiga e’tibor qaratish yuzasidan kelib tushgan murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.
O‘rganishlar natijasida mazkur o‘rindiqda mavjud nosozliklar bartaraf etildi hamda u to‘liq soz holatga keltirildi. Hozirgi kunda o‘rindiq foydalanish uchun yaroqli holatda.
Kelgusida ham mazkur hududdagi obodonlashtirish elementlarining texnik holati muntazam nazorat qilinishi ta’minlanadi.
