Rasmiy munosabat
2026-06-29 18:30:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahrining Yog‘du burilishi hududida joylashgan svetoforning bir tomoni ishlamayotgani, bu esa haydovchilar uchun noqulaylik tug‘dirib, yo‘l-transport hodisalari xavfini oshirayotgani haqidagi murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Mazkur holat mas’ul tashkilotlar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganishlar davomida svetofor qurilmasi texnik nosozlik sababli vaqtincha ishlamayotgani aniqlandi.
Aniqlangan texnik nosozlik bartaraf etildi va hozirgi vaqtda svetofor to‘liq ishchi holatda faoliyat ko‘rsatmoqda.
