Rasmiy munosabat
2026-06-29 14:30:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi Qayum Murtazoyev ko‘chasining uzoq yillar davomida ta’mirtalab holatda ekani yuzasidan bildirilgan murojaat o‘rganib chiqildi.
Ma’lum qilamizki, ayni vaqtda mazkur ko‘chada ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun tegishli hujjatlashtirish va tashkiliy ishlar olib borilmoqda.
Belgilangan tartibda hujjatlashtirish jarayonlari yakunlangach, Qayum Murtazoyev ko‘chasida asfalt qoplamasini yotqizish ishlari tez kunlarda boshlanadi.
Amalga oshiriladigan ishlar natijasida mazkur ko‘chaning harakatlanish uchun qulay va xavfsiz holatga keltirilishi ta’minlanadi.
