Feruz Xamroyevning shaxsiy qabuli bo'lib o'tdi
2026-07-01 14:30:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni joyida o‘rganish va tezkor hal etish maqsadida Buxoro shahar hokimining o‘rinbosari Feruz Xamroyev tomonidan navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.

Mazkur ochiq muloqot davomida hududiy infratuzilmani yaxshilash, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda aholining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga doir masalalar ko‘rib chiqildi.
Qabul davomida jami 6 nafar fuqaro tomonidan 9 ta masala va muammoli vaziyatlar yuzasidan murojaatlar yo‘llandi.
Kelib tushgan har bir murojaat shahar hokimi o‘rinbosari tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularning qonuniy yechimlari bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Muddat talab qiladigan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Murojaatlarning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.



