Qurbon Tursunov navbatdagi shaxsiy qabulini o'tkazdi
2026-06-27 13:45:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Bugun, 27-iyun kuni Buxoro shahar hokimi Qurbon Tursunov tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o'tkazildi. Qabul jarayonida 13 nafar fuqaro tomonidan jami 15 ta masala yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Murojaatlar asosan uy-joy, kommunal xizmatlar, infratuzilmani yaxshilash, bandlik, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa ijtimoiy masalalarga oid bo‘ldi.
Qabul davomida 3 ta murojaat yuzasidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berilib, masalalar joyida ijobiy hal etildi.
Qolgan murojaatlar tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida ko‘rib chiqilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Shaxsiy qabul davomida har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.









