Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!
2026-06-27 10:55:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Jamiyat hayotida matbuot va ommaviy axborot vositalarining o‘rni beqiyos. Sizlar xolis va tezkor axborotni keng jamoatchilikka yetkazish, fuqarolarning fikr-mulohazalarini tinglash, dolzarb masalalarni yoritish hamda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini qaror toptirish yo‘lida munosib xizmat qilib kelmoqdasiz.
Bugungi kunda Buxoro shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, keng ko‘lamli islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan sa'y-harakatlarning keng yoritilishida sizlarning hissangiz alohida e'tirofga loyiq. Har bir tanqidiy va tahliliy material, har bir asosli taklif davlat organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga, xalq bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ishonchim komilki, sizlar bundan buyon ham yuksak kasbiy mahorat, xolislik va mas'uliyat tamoyillariga sodiq qolgan holda, Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz manfaatlari va jamiyatimiz ravnaqi yo‘lida samarali faoliyatingizni davom ettirasiz.
Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, ijodiy parvoz, yangi-yangi yutuqlar hamda sharafli va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Qurbon Tursunov
Buxoro shahar hokimi
