Buxoro shahrida g‘alla yetishtirish bo‘yicha davlat rejasi muvaffaqiyatli bajarildi
2026-06-22 17:30:00 / Yangiliklar

Natijada davlat ehtiyojlari uchun belgilangan 541 tonna g‘alla topshirish rejasi amalda 625 tonna qilib bajarilib, reja 115,5 foizga ado etildi. Bu ko‘rsatkich shahar fermerlarining samarali mehnati, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarganligi hamda hosildorlikni oshirish bo‘yicha olib borilgan tizimli ishlar samarasidir.
Mazkur natijalarga erishishda shaharda faoliyat yuritayotgan 13 ta fermer xo‘jaligi munosib hissa qo‘shdi. Ayniqsa, “Shamsiddin Mirali Zuxro”, “Navruz Xamza”, “Ergash Azamat Ramazon”, “Xojiyev Najmiddin” fermer xo‘jaliklari hamda “Real Klasik Servis” MCHJ tomonidan yuqori hosildorlikka erishilib, gektaridan olingan don hosili ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetakchilik namoyon etildi.
Gʻallachilik sohasida qo‘lga kiritilgan ushbu yutuqlar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholini sifatli don mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash hamda agrar sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy samarasini yaqqol namoyon etmoqda.





