Murojaatga munosabat
2026-06-10 13:50:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Buxoro shahri X.I. Buxoriy ko‘chasining holati hamda ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasi bo‘yicha bildirgan murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.

Aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida mazkur hududdagi ichki ko‘cha yo‘llarini ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ayni vaqtda ushbu yo‘nalishda tayyorgarlik va amaliy ishlar boshlangan bo‘lib, belgilangan reja asosida ko‘chalar maxsus texnikalar yordamida to'g'irlanmoqda.
Yaqin kunlarda shag'allashtirish ishlari boshlanadi.



