Bolajonlar uchun zamonaviy va qulay sharoit yaratilmoqda
2026-06-08 18:30:00 / Yangiliklar

Jumladan, 1976-yilda qurilgan 14-DMTT 140 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, shu vaqtga qadar biror marta ham kapital ta’mirdan chiqarilmagan edi. Bugungi kunda mazkur muassasada keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Qurilish-pudrat ishlari tanlov asosida “KAPITAL SIFAT SERVISE” qurilish firmasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Loyihaning umumiy qiymati 7 milliard so‘mni tashkil etib, obyektda zamonaviy qurilish standartlari asosida yangilash ishlari davom etmoqda. Xususan, bino ichki muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari to‘liq rekonstruksiya qilinib, energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy issiqlik tizimi — “issiq pol” texnologiyasi o‘rnatilmoqda.
Mazkur rekonstruksiya ishlari yakunlangach, tarbiyalanuvchilar uchun barcha qulayliklarga ega, zamonaviy va shinam ta’lim maskani foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur ta'mirlash ishlari qisqa muddatda yakunlanishi kutilmoqda.









