“Poykent Bukhara Old City” mehmonxonasi foydalanishga topshirildi
2026-06-03 09:45:00 / Yangiliklar

Tantanali marosimda so‘z olgan Botir Zaripov so‘nggi yillarda turizm sohasini rivojlantirish natijasida mamlakatimizga xususan, Buxoroga kelayotgan sayyohlar va ziyoratchilar soni yildan-yilga keskin ko‘payib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Xususan, 2026-yilning I choragida Buxoroga 2 mln 137 ming nafar sayyoh tashrif buyurgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga (1mln 625 ming nafar) nisbatan 1,3 barobarga ko‘paygan..
Mazkur obyekt “Poykent Bukhara Old City” mehmonxonalar tarmog‘ining 5-mehmonxonasi bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunga qadar “Poykent Bukhara” mehmonxonalar tarmog‘ining Xoja Anjir Fag‘naviy, Xoja Orif Revgariy, Sayyid Mir Kulol, Bahovuddin Naqshband muqaddas qadamjolari qoshida mehmonxonalari faoliyat olib borayotgan edi.
O‘zida milliylik va zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan ushbu mehmonxonada endilikda 100 ga yaqin yigit-qizlar muqim ish bilan band bo‘lish bilan birga, sayyohlar uchun qo‘shimcha 129 ta xona va 248 o‘rin yaratilgan.





