Yoshlarning muammo va takliflari o'rganildi
2026-05-21 18:30:00 / Yangiliklar
Buxoro shahar hokimining o‘rinbosari F.Hamroyev yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yoshlarni qiynayotgan dolzarb masalalar, bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunar va zamonaviy IT yo‘nalishlarida ta’lim olish, startap loyihalarni moliyalashtirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq taklif va murojaatlar tinglandi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amaliy qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion g‘oyalari va biznes loyihalarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, uchrashuvda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, imtiyozli kredit dasturlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yakunda yoshlar bilan bunday ochiq va manzilli muloqotlarni tizimli ravishda davom ettirish ta’kidlandi.








