Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash
2026-05-21 10:50:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, tinch va totuv oilalar tajribasini ommalashtirish hamda yosh oilalarni ajrimlardan asrash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir doirasida “Oila va xotin-qizlar maskani”dagi maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan juftliklarga sertifikatlar topshirildi. Ushbu kurslarda yoshlarga oilaviy munosabatlar psixologiyasi, ro‘zg‘or yuritish sirlari, sog‘lom turmush tarzi va huquqiy bilimlar bo‘yicha saboq berilgan bo‘lib, bu ularning kelgusida mustahkam poydevorga ega bo‘lishlariga xizmat qiladi.
Shuningdek, mahallalarda tinchlik-totuvlikni saqlash, farzandlarni barkamol etib tarbiyalash va atrofdagilarga namuna bo‘lishda alohida ajralib turgan yurtdoshlarimizga “Ibratli oila” ko‘krak nishonlari ravishda topshirildi.
Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari sovrindorlarni qutlar ekan, bunday ibratli xonadonlar mahallalarda yoshlar uchun katta hayotiy maktab ekanligini qayd etdi.





