Rasmiy munosabat
2026-05-18 16:15:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Paxtakor ko‘chasida, sobiq DOSAAF ro‘parasida joylashgan yo‘l yoqasidagi ochiq quduq holati yuzasidan yo‘llagan murojaat "Buxoro suv ta’minot" AJ Buxoro shahar filiali tomonidan ko‘rib chiqildi.

O‘rganish ishlari davomida mazkur hududda joylashgan muhandislik kommunikatsiyasi qudug‘ining qopqog‘ida texnik nosozlik mavjudligi aniqlanib, ushbu holat piyodalar va transport vositalari harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi inobatga olindi.
Murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli tashkilot tomonidan tezkor tarzda ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, quduq qopqog‘i to‘liq ta’mirlandi hamda xavfsiz holatga keltirildi. Hozirgi vaqtda ushbu hududda harakat xavfsizligi ta’minlangan.



