Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
2026-05-16 10:50:00 / Yangiliklar
Muborak Qurbon hayiti ayyomi arafasida Buxoro shahridagi 41 ta qabriston hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari olib borilmoqda.

Xususan, qabristonlar hududini tartibga keltirish, yo‘laklarni betonlashtirish, begona o‘t va chiqindilarni bartaraf etish, daraxtlarga shakl berish hamda sug‘orish tizimlarini yaxshilash ishlari tashkil etildi.
Shuningdek, ziyoratchilar uchun qulay va ozoda muhit yaratish maqsadida hududlarda hashar tadbirlari o‘tkazilib, mas’ul tashkilotlar tomonidan manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur ezgu sa’y-harakatlar xalqimizning qadriyat va an’analariga hurmat ko‘rsatish, muqaddas qadamjolarni munosib saqlash hamda Qurbon hayitini obod va fayzli muhitda kutib olishga xizmat qilmoqda.









