Munosiblar taqdirlandi
2026-05-18 10:30:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida Buxoro shahar hokimi Qurbon Tursunov tomonidan festival doirasida mahalliy va xorijiy hunarmandlar oʻrtasida oʻtkazilgan koʻrik-tanlovning uchinchi o'rin egalarini tantanali taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
Gʻoliblar “Eng yaxshi zargarlik tashkiloti”, “Eng yaxshi zardoʻzlik tashkiloti”, “Eng yaxshi zardoʻz”, “Eng yaxshi zargar”, “Eng yaxshi zardoʻzlik maktabi ustasi”, “Eng yaxshi zargarlik maktabi ustasi”, “Zardoʻzlik boʻyicha qadimiy sulola davomchisi”, “Zargarlik boʻyicha qadimiy sulola davomchisi”, “Qadimiy anʼanalarni qayta tiklagan zardoʻz”, “Qadimiy anʼanalarni qayta tiklagan zargar”, “Eng yosh mahoratli zardoʻz” hamda “Eng yosh mahoratli zargar” kabi nominatsiyalar boʻyicha diplom, esdalik sovgʻalari va festivalning maxsus mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Mazkur festival milliy zardoʻzlik va zargarlik sanʼatining boy tarixiy merosini keng targʻib qilish, hunarmandlar oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish hamda yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat tuygʻusini mustahkamlashga xizmat qildi.









