Yuksak marraga erishgan yoshlar — Yangi O‘zbekiston faxri
2026-05-09 18:30:00 / Yangiliklar
Buxoro shahridagi 17-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Asadbek Xudashkurov o‘zining ulkan muvaffaqiyati bilan maktabi faxriga aylandi. U 189 ball natija qayd etib, muddatidan oldin O‘zbekistondagi eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biriga davlat granti asosida talaba bo‘lish baxtiga erishdi.

Asadbekning bu yutug‘i ortida tinimsiz mehnat, kuchli intilish va bilimga bo‘lgan cheksiz qiziqish mujassam. Ayniqsa, 5 ta fan bo’yicha xalqaro va milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritgani uning bilim darajasi yuqori ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Biz Asadbek Xudashkurovni uning ota-onasi va ustozlarini ushbu ulkan yutuq bilan muborakbod etamiz. Kelgusida ham Asadbekga yanada katta zafarlar, ilm yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
