Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadam
2026-05-07 08:25:00 / Yangiliklar
Buxoro shahridagi Ko‘hna va boqiy Buxoro majmuasi hududida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish maqsadida mahalla yettiligi vakillari ishtirokida “Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadam” shiori ostida piyoda yurish marafoni tashkil etildi.

Mazkur tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari faol qatnashib, sog‘lom turmush tarzining аҳамияти ҳақида fikr almashdilar. Marafon davomida ishtirokchilar ko‘tarinki kayfiyatda belgilangan masofani bosib o‘tdilar.
Shuningdek, tadbir avvalida ertalabgi badantarbiya mashqlari o‘tkazilib, ishtirokchilarga sog‘lom hayot kechirish, muntazam sport bilan shug‘ullanish va jismoniy faollikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Bunday tadbirlar aholining salomatligini mustahkamlash, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda mahallalarda sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda.









