Rasmiy munosabat
2026-05-06 15:30:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlar orqali e'lob qilingan Qo‘lbola rastalar va tirbandlik holati yuzasidan bildirilgan murojaat atroflicha o‘rganildi.
Aniqlanishicha, Buxoro shahri Markaziy dehqon bozori atrofida ayrim tadbirkorlar tomonidan piyodalar yo‘laklari va yo‘l chetlarida noqonuniy savdo nuqtalari tashkil etilgani natijasida fuqarolar va haydovchilar uchun noqulayliklar yuzaga kelgan.
Mazkur holat bozor ma’muriyati hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirokida zudlik bilan bartaraf etildi. Yo‘l va piyodalar yo‘laklari noqonuniy rastalardan tozalandi, tartib o‘rnatildi. Shuningdek, kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi yuzasidan nazorat kuchaytirildi.

