Rasmiy munosabat
2026-04-15 18:50:00 / Yangiliklar

Mazkur ob’yektni yangilash va zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish maqsadida avvalgi eski inshoot bosqichma-bosqich buzib tashlangan. Hozirgi vaqtda yangi stadion Sanoatchilar ko‘chasida Buxoro futbol akademiyasida qurilishi amalga oshirilgan. Yangi stadion 2024 yilda to‘liq foydalanishga topshirilgan.
Hozirgi kunda Buxoro futbol klubi o‘z uy uchrashuvlarini aynan ushbu zamonaviy stadionda o‘tkazib kelmoqda.
Yangi stadion zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga mos ravishda barpo etilgan bo‘lib, sportchilar va muxlislar uchun qulay sharoitlar yaratilgan, shuningdek, futbol o‘yinlarini yuqori darajada o‘tkazish imkoniyatini ta’minlaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ayrim mulohazalar yuzasidan ta’kidlanadiki, mazkur yo‘nalishdagi ishlar to‘liq reja asosida amalga oshirilgan bo‘lib, Buxoro shahrida sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.





