Buxoro shahridagi to‘xtash joylarida yo‘nalishsiz taksi haydovchilaridan to‘lov talab qilinganligi yuzasidan RASMIY IZOH
2026-04-06 09:45:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 2 apreldagi "Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 200-sonli qaroriga asosan yo‘lovchilarni olish va tushirish maqsadida aeroportlar, temir yo‘l vokzallari, avtovokzallar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan qurilish mollari, dehqon va buyum bozorlari hamda savdo majmualarining pulli to‘xtash joylariga yo‘lovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirish faqat yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarga ruxsat berilgan.
Shundan kelib chiqib, yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilardan boshqa yengil transport vositalari to‘xtash joylariga kirib-chiqish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda to‘xtash joylari tasdiqlagan to‘lovlarni to‘lashdan ozod etilmaganligini bildiramiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardagi vaziyatlar bo‘yicha avtoturargoh xodimlari bilan tushuntirish ishlari olib borilib, maxsus belgi va lisenziya ega taksi haydovchilaridan to‘lovni amalga oshirishni talab qilmaslik aytildi.
