Samarali ijro intizomi — islohotlar natijadorligining muhim kafolati
2026-04-29 21:25:00 / Yangiliklar
Haftaning har dushanba kunlari Buxoro shahar hokimi rahbarligida, haftaning juma kunlari hokimning birinchi oʻrinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosi kunbay, soatbay qatʻiy nazorat qilinmoqda.
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi kiritilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi hamda Hisob palatasi tomonidan ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng nazoratdan yechilishi belgilanganligini inobatga olgan holda, shahar hokimligi apparatida ushbu topshiriqlar belgilangan muddatlarda va puxta bajaralishini ta’minlash maqsadida oldindan ogohlantirish tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
Hokimlik apparatida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi haqidagi maʼlumotlarni ijro muddati yakunlanishini kutmasdan elektron dasturga oldindan kiritib borish masalasiga alohida eʼtibor berilmoqda.
Buxoro shahar hokimligi apparatida may oyidagi Prezident hujjatlari nazorat rejasi, topshiriqlar va murojaatlarni koʻrib chiqishda belgilangan muddatlarni buzish holatlarini oldini olish maqsadida barcha hokim oʻrinbosarlari, boʻlimlar va masʻul xodimlar tomonidan hamkorlikda ishlar tashkil etilib, har biriga eslatma taqdim etildi. (ilova etiladi)
Joriy yilning may oyi yakuniga qadar “edo.ijro.uz” tizimida jami 415 ta hujjat va topshiriqlar shundan, 91 ta Prezident hujjatlari nazorat rejasi, 243 ta kiruvchi hujjat va topshiriqlar hamda 81 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining ijrosi muddati keladi.
- “edo.ijro.uz” elektron hujjat aylanish tizimidagi may oyida muddati keladigan hujjatlar va topshiriqlarning kamida 60 foizini - 18 mayga qadar, kamida 90 foizini – 20-mayga qadar hamda 100 foizini – 25-mayga qadar toʻliq bajarilishi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatish belgilandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6166-sonli Farmoni bilan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlanmagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalarini koʻrib chiqish hamda Prezidentning 2025-yil 7-avgustdagi PF–129-son Farmoniga muvofiq Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari faoliyatining samaradorligini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholashning namunaviy tartibiga asosan ragʻbatlantirish ishlari ijro intizomi holatiga bogʻliqligi belgilab berilgan. Bu borada shahar hokimining 2026-yil 24-martdagi 78-2-42-Q/26-sonli qarori tasdiqlanib barcha xodimlar tanishtirilgan.
Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-788-sonli qonuni bilan davlat fuqarolik xizmatchisining majburiyatlari yaʼni Davlat fuqarolik xizmatchisi: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etishi lozimligi aniq koʻrsatilgan.
Yuqoridagilarni kelib chiqib, Buxoro shahar hokimligi boshqaruv apparatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat hujjatlari nazorat rejasi, topshiriqlar va murojaatlarni koʻrib chiqishda belgilangan muddatlarni buzish holatlarini oldini olish maqsadida 2026-yil may oyida muddati keladigan hujjatlarni ijrosini belgilangan muddatlarda va sifatli taʼminlash boʻyicha barcha zaruriy choralar koʻrilmoqda.
I.Suvonov
Buxoro shahar hokimligi apparati ijro intizomi nazorati boʻyicha bosh mutaxassisi
