Yagona xalq, yagona Vatan, yagona maqsad!
2026-04-22 13:25:00 / Yangiliklar
Buxoro shahar "R. Xamroyev" mahallasi aholisi ishtirokida "Shukronalik va tinchlik oliy ne'mat" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

8-son umumtaʼlim maktabida o‘rkazilgan tadbirda "Nuroniy" jamg‘armasi shahar bo‘limi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi shahar bo'linmasi, O'zbekiston Mahallalar uyushmasi shahar bo'limi, madaniyat bo'limi, mahalla yettiligi va nuroniylari ishtirok etdi.
Aholi bilan muloqotda Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, Yangi O'zbekistonni qurilishida nuroniy va yoshlarning o'rni, shukronalik bilan yashash, aholi va yoshlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasida suhbatlar o'tkazildi.





