Bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi tashkil qilindi
2026-04-21 12:05:00 / Yangiliklar

Tadbirda Buxoro shahar hokimi Qurbon Tursunov hamda hokimning tegishli o‘rinbosarlari ishtirok etib, fuqarolar va ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qildi.
Bugungi kunda Buxoro shahrida jami 462 nafar ish izlovchi mavjud bo‘lib, shundan 342 nafari aliment to‘lovchilarni tashkil etadi. Mazkur yarmarkada shahrimizdagi 40 ta korxona va tashkilot o‘zining 5 066 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Natijada 342 nafar ishsiz aliment to‘lovchilarning 132 nafari ish bilan ta’minlandi, 110 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, 220 nafar fuqaroga o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mehnat muhofazasi hamda mehnat qonunchiligi doirasida tegishli huquqiy maslahatlar berildi.
Bundan tashqari, har bir ishsiz fuqarolarning o‘z tadbirkorligini boshlashiga ko‘maklashish maqsadida Buxoro shahridagi 8 ta bank vakillari ham yarmarkada ishtirok etib, imtiyozli kredit resurslari va maxsus moliyaviy paketlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etdi.









