Ko‘kaldosh mahallasida Flander zotli quyonlar yetishtirilmoqda
2026-04-18 09:30:00 / Yangiliklar

Mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar — Davron Xolmurodov va Jasur Xolmurodovlar tomonidan davlat tomonidan ajratilgan 10 mln so‘mdan 20 mln so‘mgacha bo‘lgan kredit mablag‘lari hisobiga xonadonida quyonchilik faoliyati yo‘lga qo‘ydi. Tashabbus orqali ular avval ishsiz bo‘lgan bo'lsa endi yaxshigina daromatga ega bo'lishmoqda.
Hozirgi kunda tadbirkorlar tomonidan asosan Flander zotli quyonlar parvarish qilinmoqda. Ushbu zot oddiy quyonlarga nisbatan vazni jihatidan ustun bo‘lib, 10–15 kilogrammgacha yetishi bilan ajralib turadi. Ayni paytda xo‘jalikda 20 bosh quyon mavjud bo‘lib, faoliyat yaqinda yo‘lga qo‘yilganiga qaramay, kelgusida barqaror daromad olish imkoniyati mavjud. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, oyiga 5–6 mln so‘m miqdorida sof foyda olish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Flander zotli quyonlarning bozordagi qiymati yuqori bo‘lib, bir bosh quyon 4 mln so‘mgacha sotilishi mumkin. Bu esa mazkur faoliyatning iqtisodiy samaradorligini yanada oshiradi. Quyonchilikning tez ko‘payuvchanligi ham tadbirkorlikni qisqa muddatda kengaytirish imkonini beradi.
Yuqoridagi amaliy misol mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda oilaviy daromadlarni oshirish borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini yaqqol namoyon etadi. Davlat tomonidan ajratilgan moliyaviy ko‘mak va yaratilgan imkoniyatlar fuqarolarning o‘z tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.




