Ta'mirlash ishlari olib borilmoqda
2026-04-17 08:35:00 / Yangiliklar
Piridastgir ko‘chasi bo‘ylab o‘tuvchi diametri 700 mm li markaziy ichimlik suvi quvurida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish maqsadida Favqulodda vaziyatlar hamda "Buxoro suv ta'minot" AJ Buxoro shahar filiali va boshqa tashkilotlar mutaxassislari tomonidan tezkor ravishda avariya-tiklash ishlari olib borilmoqda.

Aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlashni tiklash uchun zarur texnika va ishchi kuchlari jalb etilgan bo‘lib, nosozlikni qisqa muddatlarda bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz hamda ishlar yakunlangach, suv ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanishini ma’lum qilamiz.




