Buxoro shahar hokimining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-04-17 09:25:00 / Yangiliklar
Ushbu uchrashuv aholining muammolarini joyida o‘rganish, ularni tezkor va samarali hal etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar bilan bevosita shahar hokimi Qurbon Tursunovga murojaat qilish imkoniga ega bo‘lishdi. Uy-joy, infratuzilma, bandlik, ijtimoiy yordam kabi dolzarb masalalar ko‘tarilib, ularning yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.
Eng muhimi, har bir murojaat e’tibordan chetda qolmadi. Hokim tomonidan fuqarolarning fikr va takliflari diqqat bilan tinglanib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. Bu esa davlat idoralari va aholi o‘rtasidagi ochiqlik va ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.








