Dilkusho ko'chasi yangi qiyofaga kiradi
2026-04-15 17:15:00 / Yangiliklar

Ushbu jarayonlarni joyida o‘rganish maqsadida Buxoro shahar hokimi Qurbon Tursunov tegishli mas'ullar hamrohligida Dilkusho ko‘chasida bo‘lib, nazorat tartibida o‘rganish olib bordi. O‘rganish davomida mavjud holat tahlil qilinib, yo‘l qoplamasining eskirganligi, ayrim hududlarda notekisliklar va infratuzilmadagi kamchiliklar aniqlandi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillariga loyiha-smeta hujjatlarini sifatli tayyorlash, qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatlarda va zamonaviy standartlar asosida amalga oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Ta’kidlab o‘tilganidek, mazkur yo‘lni rekonstruksiya qilish nafaqat uchta mahalla o‘rtasidagi transport qatnovini yengillashtiradi, balki hudud aholisining turmush darajasini oshirish, logistika imkoniyatlarini kengaytirish va shahar qiyofasini yaxshilab, infratuzilmani yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.









