Futbol: DXX kubogi musobaqasiga start berildi
2026-04-13 16:50:00 / Yangiliklar

Musobaqaning ilk uchrashuvi “M.Tarobiy” va “Foshun” mahallalari yoshlari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan o‘yinda tomonlar 1:1 hisobida durang natija qayd etishdi.
Mazkur bellashuvni Buxoro shahar hokimi Qurbon Tursunov bevosita stadiondan kuzatib bordi.
Turnir yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda mahallalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, musobaqa orqali iqtidorli yosh futbolchilarni kashf etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va kelajakda yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar safini kengaytirish maqsad qilingan.
Buxoro yoshlari yana bir bor o‘zlarining faolligi, jipsligi va sportga bo‘lgan yuksak ishtiyoqini namoyon etmoqda. Ushbu musobaqa yuqori saviyada, halol raqobat va chinakam sport ruhi ostida o‘tadi.









