Kichik biznes — katta imkoniyat: Buxoroda yana bitta mehmon uyi tashkil etildi
2026-04-08 17:05:00 / Yangiliklar

Ana shunday tashabbuslardan biri Buxoro shahri, "H.Olimjon" mahallasi, "M.Anbar" ko‘chasi 24-uy manzilida istiqomat qiluvchi fuqaro Nozima Xolova tomonidan amalga oshirildi. Uning tashabbusi bilan “Oilaviy mehmon uyi” (guest house) tashkil etilib, bugungi kunda u sayyohlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Mazkur mehmon uyi 15 ta mehmon o‘rniga ega bo‘lib, zamonaviy talablar asosida jihozlangan va mehmonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan.
Ushbu loyihani amalga oshirishda mahalla hokim yordamchisining amaliy ko‘magi muhim ahamiyat kasb etdi. Xususan, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash doirasida Nozima Xolovaga 50 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilishiga ko‘maklashildi. Olingan mablag‘lar mehmon uyini ta’mirlash, jihozlash va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga yo‘naltirildi.
Bunday oilaviy mehmon uylarining tashkil etilishi nafaqat sayyohlar uchun qulay joylashtiruv imkoniyatlarini kengaytiradi, balki mahalliy aholi bandligini ta’minlash, xizmatlar eksportini rivojlantirish va hudud iqtisodiyotini mustahkamlashda ham muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, oilaviy mehmon uylari orqali milliy urf-odatlar va an’analarni sayyohlarga yaqindan tanishtirish imkoniyati ham yaratiladi.
Xulosa qilib aytganda, Buxoro shahrida turizm sohasining izchil rivojlanishi sharoitida Nozima Xolova kabi tashabbuskor fuqarolar tomonidan amalga oshirilayotgan bunday loyihalar soha taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda.






