Rasmiy munosabat
2026-04-07 09:15:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar orqali e'lon qilingan murojaatda (https://t.me/Bukharainfo/52666)Buxoro shahri Labi Hovuz majmuasi hududida joylashgan “Nasriddin Afandi” haykali ustida bir guruh shaxslar tomonidan madaniy meros obyektiga nisbatan hurmatsizlik bilan bog‘liq xatti-harakatlar sodir etilib, suratga tushilganligi bildirilgan.
Hozirgi vaqtda tegishli tashkilotlar tomonidan ushbu holat yuzasidan belgilangan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda hamda huquqbuzar shaxslarning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.
O‘rnatilgan tartib-qoidalarga muvofiq, tarixiy obidalar va haykallarga zarar yetkazish, ularning ustiga chiqish yoki boshqa noqonuniy harakatlarni sodir etish taqiqlanadi. Fuqarolardan madaniy meros obyektlariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, jamoat tartib-qoidalariga rioya etish so‘raladi.
