DXX kubogi: Buxoro shahar bosqichiga qur'a tashlandi
2026-04-06 17:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda shahar hokimi Qurbon Tursunov, viloyat hokimining o'rinbosari Baxtiyor Adilov, sport boshqarmasi, yoshlar ishlari agentligi hamda mas'ul tashkilot xodimlari va mahallalar yoshlari ishtirok etdi.
Dastlab shahar hokimi Qurbon Tursunov so'zga chiqib, barchani boshlanayotgan musobaqa bilan tabriklab, yoshlarga omad tiladi.
Qur'aga ko'ra Buxoro shahridagi mahallalar dastlab guruhlarga bo'lingan holda hudud bosqichida ishtirok etishadi. G'olib jamoalar shahar bosqichida kurash olib boradi.
Ma'lumot uchun, musobaqa uch bosqichda 1 – bosqich tuman-shahar saralash musobaqalari aprel-may oylarida, 2 – bosqich Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha saralash musobaqalari iyun-iyul oylarida, 3 – bosqich. Respublika bo‘yicha final musobaqalari: avgust oyida bo‘lib o‘tadi. 16 yoshdan – 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol bo‘yicha DXX kubogida ishtirok etishlari mumkin.









