Davlat xaridlari sohasida tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
2026-04-03 13:30:00 / Yangiliklar

Seminarda viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi H.G‘oyirov, O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi AJ Buxoro filiali rahbari, “Uztest” DM Buxoro filiali rahbari, mahallalardagi hokim yordamchilarikorxona va tashkilotlar hisobchilari hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdilar.
Mutaxassislar davlat xaridlari tizimidagi savdo platformalari, ularning afzalliklari, mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlash jarayonlarida berilayotgan amaliy yordam hamda erkin iqtisodiy zonalardagi qulayliklar haqida batafsil tushuntirishlar berdilar. Seminar yakunida ochiq muloqot o‘tkazilib, ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berildi.
Mazkur tadbir Buxoro shahrida tadbirkorlarining davlat xaridlari tizimidagi faolligini oshirish, raqobatbardoshligini kuchaytirish va hudud iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shishda muhim ahamiyat kasb etdi.









