"Otbozor" mahallasidagi 24-DMTT qayta ta’mirlandi
2026-04-02 18:05:00 / Yangiliklar

Ta’mirdan so‘ng bog‘cha quvvati avvalgi 90 o‘rindan 120 o‘ringa ko‘tarildi. Hozirda bog‘chada 112 nafar bola ta’lim olib, ularga 30 nafar pedagog mehnat qilib, eng yuqori standartda ta’lim va tarbiya bermoqda.
Ochilish marosimida Buxoro shahar hokimi Qurbon Tursunov, mahalla aholisi hamda bog‘cha xodimlari ishtirok etishdi. Yangi bog‘cha bilan barchani samimiy tabrikladi. Shundan so‘ng ramziy lenta kesilib, mehmonlar yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Bu loyiha mahalla va bolalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi, ularning ta’lim va ijtimoiy faoliyati uchun qulay muhit yaratildi.
Ma’lumot o‘rnida Buxoro shahrida 135 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, xususan, 77 ta davlat, 15 ta xususiy, 12 ta DXSH, 31 ta oilaviy bog‘chalar mavjud. 3-7 yoshli bolalar soni 21 968 nafar. Qamrov darajasi 105 foizni tashkil qiladi.









