Rasmiy munosabat
2026-03-31 11:30:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan murojaatda (https://t.me/potrebitel_bukhara/165875)xo‘jalik mollari do‘koni tomonidan savdo mahsulotlari piyodalar yo‘lagiga chiqarib qo‘yilgani, natijada piyodalar harakatiga jiddiy noqulayliklar yuzaga kelayotgani bildirilgan.

Ushbu holat mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganilib, voqea joyiga chiqilgan holda tegishli tekshiruv ishlari olib borildi. Tekshiruv davomida aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan tadbirkorga tushuntirish ishlari olib borildi.
Natijada piyodalar yo‘lagi to‘siqlardan tozalandi. Muammo belgilangan tartibda bartaraf etildi.


