"Hamid Olimjon" mahallasida hunarmandchilik an’analari munosib davom ettirilmoqda
2026-03-31 15:05:00 / Yangiliklar

Xususan, mahallaning "Bahor" ko‘chasi 16-uyida yashovchi tashabbuskor fuqaro Sharif Narziyev bugungi kunda o‘zining halol mehnati va izlanishlari bilan mahallada o‘rnak bo‘lib kelmoqda. U tomonidan yo‘lga qo‘yilgan tadbirkorlik faoliyati nafaqat oilaviy daromad manbai, balki mahalla aholisi uchun ham barqaror ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Sharif Narziyev tomonidan tashkil etilgan hunarmandchilik faoliyati doirasida qo‘lda to‘qilgan stol tullari ishlab chiqarilib, ushbu yo‘nalishda 5 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan. Ishchilar uchun kunlik mehnatga haq to‘lash tizimi joriy etilib, o‘rtacha 100 ming so‘m miqdorida kunlik daromad shakllantirilgan bo‘lib, bu ularning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga xizmat qilmoqda.
Mazkur faoliyat milliy hunarmandchilik an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish bilan bir qatorda, aholining bandligini ta’minlash hamda turmush darajasini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, mahalla hokim yordamchisi Ismatov Mustafo tomonidan fuqarolarni ushbu ishlab chiqarish jarayoniga jalb etish va ularni ishga joylashtirish ishlari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Natijada, ishsiz fuqarolar bandligi ta’minlanib, ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Mazkur tashabbus mahalla tomonidan o‘rganilib, ijobiy baholandi. Bu kabi amaliy loyihalar hududda ijtimoiy-iqtisodiy faollikni oshirib, aholining farovonligini ta’minlashga hamda boshqa fuqarolar uchun ham samarali tajriba va ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.




