Naqdsiz to‘lov — tartib va shaffoflik kafolati
2026-03-30 16:30:00 / Yangiliklar

Mazkur yo‘nalishda o‘tkazilayotgan tushuntirish ishlari davomida tadbirkorlik subyektlariga naqd pulsiz to‘lov tizimlarining afzalliklari, jumladan, moliyaviy shaffoflikni ta’minlash, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish hamda soliq intizomini mustahkamlashdagi o‘rni batafsil izohlanmoqda. Shuningdek, savdo shoxobchalarida POS-terminallar va elektron to‘lov vositalaridan samarali foydalanish, xaridorlarga qulaylik yaratish hamda qonunchilikda belgilangan tartiblarga rioya etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berilmoqda.
Hokim yordamchilari tomonidan olib borilayotgan ushbu profilaktik suhbatlar nafaqat tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirishga, balki hududlarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Bu kabi tizimli chora-tadbirlar orqali Farmon talablarining izchil ijrosi ta’minlanib, mahallalarda qonun ustuvorligi va moliyaviy intizomni mustahkamlashga erishilmoqda.







