Qurbon Tursunov Samarqand ko'chasida bo'ldi
2026-03-30 12:40:00 / Yangiliklar

Ushbu o‘rganish jarayonida hududning obodonlashtirish holati, shaharsozlik talablariga rioya etilishi, shuningdek, yo‘l infratuzilmasining texnik va estetik holati atroflicha tahlil qilindi.
Jumladan, ko‘cha bo‘ylab mavjud noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, yo‘l yoqalari va piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish, zamonaviy shaharsozlik me’yorlariga muvofiq ravishda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, piyodalar va transport vositalari harakatining xavfsizligini ta’minlash, yo‘l belgilari va yo‘l chiziqlarini yangilash, tungi yoritish tizimini takomillashtirish orqali harakat xavfsizligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, hududni kompleks rivojlantirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.









