Buxoro shahar hokimligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2026-03-16 21:05:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda shaharda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari birma bir muhokama qilindi. Shu jumladan, ko‘chalarning tozaligi, yashil maydonlarni kengaytirish, ko'p qavatli uylar va bolalar maydonchalari obodonlashtirilishi kabi masalalar yuzasidan batafsil ma'lumot berildi.
Shuningdek, yig‘ilishda yangi shahar hokimining o‘rinbosari Azizjon To'xtamishov jamoaga tanishtirildi. U o‘zining ish tajribasi va shahar rivojiga qo‘shadigan hissasi bilan tanishtirilib, vazifasini amalga oshirishga kirishdi.
Shahar hokimi Qurbon Tursunov yig‘ilish yakunida barcha rahbarlarni belgilangan vazifalarni samarali va sifatli bajarishga chaqirdi hamda kelgusida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari jadallashtirilishini ta’kidladi.









