Buxoro shahrida "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!" ichki turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
2026-03-16 11:15:00 / Yangiliklar

Tadbir doirasida hunarmandchilik va milliy suvenirlar mahsulotlari yarmarkasi, ichki turizm yo‘nalishida faoliyat yurituvchi turoperatorlar hamda korxona, tashkilotlar hamkorligida “tadbirkor bilan tadbirkor” (B2B) uchrashuvlar, “tadbirkor bilan mijoz” (B2C) mexanizmlari asosida uchrashuvlar, ichki turizm sohasida yangi hamkorlar bilan kelishuvlarga erishish, qolaversa, tajriba almashish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
100 ga yaqin turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari, 50 dan ortiq korxona va tashkilotlar o‘zlarining turistik dasturlari va tijorat takliflari bilan ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Buxoroning turizm saloyihati to'g'risida taqdimot qilinib, viloyatning turizm salohiyatini namoyon etuvchi targ'ibot vositalari keng targ'ib etildi.
Bundan tashqari, milliy kuy-qo‘shiqlar ohangida folklor jamoalarining chiqishlari 1,5 ming nafarga yaqin tashrif buyurgan tomoshabin hamda sayyohlarga ko'tarinki ruh bag'ishladi.









