“Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi”
2026-02-20 10:10:00 / Yangiliklar
“Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” degan ezgu g‘oya asosida Buxoro shahar "Hamid Olimjon" mahallasi yettiligi hamda homiylar tashabbusi bilan xayriya tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbir doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 100 dan ortiq xonadonlarga muborak oy munosabati bilan 6 turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Mazkur xayriya tadbiri ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga bayram shukuhini ulashish, jamiyatda mehr-oqibat va o‘zaro g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Ramazon oyining asl mohiyatini o‘zida mujassam etgan bu kabi ezgu tashabbuslar insonlar qalbida ezgulik, shukronalik va birdamlik tuyg‘ularini yanada kuchaytiradi.
Ezgulikka yo'g'rilgan xayrli tashabbuslar davom etmoqda.




